O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Dehqonobod tumani xalq ta`limi bo`limi

4-UMUMTA`LIM MAKTABI

Ota-onalarga eslatma

OTA-ONALARGA ESLATMA

    Farzandlarimiz oila davomchisi, kelajagimiz vorislari. Bizning orzu umidlarimizni ro‘yobga chiqaruvchi  jigarbandlarimiz. 
    Bizning orzu umidlarimizni ro‘yobga chiqaruvchi  jigarbandlarimiz. 
    Shunday ekan, farzandingizni kelajakda Siz orzu qilgan inson bo‘lib etishishida Siz  va oila a’zolaringizni xam o‘rni beqiyos ekanligini  bildirgan holda, o‘z tavsiyalarimizni xavola qilamiz.
• Farzandingizni tarbiyasida shaxsiy namunaning o‘rni beqiyosligini unutmang;
• Farzand kelajakdagi etuk kadr va  xayotda o‘z o‘rni uchun kurashishga qodir bo‘lgan shaxs bo‘lib etishishi uchun uni kunlik rejasini tuzish (kun tartibi)da sizning ishtirokingizning shartlili-gini unutmang ;
• Farzandingiz bilan sirdosh, kezi kelganda do‘st va asosiy maslahatchi bo‘ling;
• Farzand tarbiyasida ideal  (kimga o‘xshashni xohlashi) tanlashi  muhim;
• Uning kamchiliklari va nuqsonlarini hamma oldida aytish va kamsitish uning psixologiyasiga putur etkazadi;
• Uning qiziqishini va imkoniyatlarini yaxshi biling;
• Uning qiziqishiga ko‘ra kelajakdagi orzusini ro‘yobga chiqarishda  qo‘llab quvvatlang va  kerakli to‘garak, muassasalarga yo‘naltiring;
• Farzand tarbiyasida uni rag‘batlantirish katta ahamiyat kasb etishini unutmang, lekin ortiqcha baho berish  va erkalatish zararlidir;
• Uni fikrini erkin bayon etishga o‘rgating va  nutqini to‘g‘ri yo‘nal-tiring. buning uchun o‘z bilimingizni bola bilimiga hamohang ravishda oshirib borishni unutmang;
• Maktabdagi o‘rtoqlari va maktabdan tashqari vaqtdagi  yurish-turishini nazorat qilib boring;
• Har haftada bir marotaba sinf rahbari va maktab rahbari xamda muntazam ravishda o‘rtoqlari bilan suhbatlashib turing, farzandingizni kamchilik va yutuqlaridan bohabar bo‘ling;
• Farzandingizni o‘ta dabdabavozlik (tug‘ilgan kun va marosimlarni o‘tkazishda) va moda (turli tilla taqinchoqlar, yangi rusumdagi beso‘na-qay  mobil telefonlar, o‘ta kalta yubka va tor shimlar) orqasidan quvishidan saqlang. 
• Maktabning ichki tartib–qoidalari mavjudligi va unga rioya qilish shartligini unutmang;
• Maktab, oila hamkorligiga muvofiq maktabga, darslarga tashrif buyurishni va albatta farzandingiz ishtirokidagi tadbirlar, ota-onalar yig‘ilishlarida ishtirok etishingiz  farzandingizni  tarbiyasida alohida e’tibor qarati-shini, ota-onasining uning kelajagi uchun befarq emasligini farzandingiz tushunishida katta ahamiyat kasb etishini va bu pirovardida farzandning ota-ona oldidagi mas’uliyatini oshishiga olib kelishini unutmang;
• Farzandingiz  tarbiyasi og‘ir bo‘lishi va  huquqbuzarlik yo‘liga kirib ketayot-ganini sezsangiz uni  sinf rahbari va maktab rahbariyati bilan zudlik bilan aloqani bog‘lang va uni psixologik, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va tanlovlarda  ishtirokini ta’minlab boring; 
• Uni  huquqbuzarlik, jinoyat   sodir etishini oldini olishda o‘zingizni huquqiy bilimingizni oshirib, mentali-tetimizga xos bo‘lgan tarbiya usullarini izlab  topishga va uni targ‘ib qilishga harakat qiling;
• Farzandingiz tarbiyasida va uni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tas